Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Ko‘rkam diyor mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati K.Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Ko‘rkam diyor mahallasi xotin-qizlar faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada erta ajrimlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3