Adolat SDPdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati-Kotibiyat mudiri M.Urazbayev tomonidan 9-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, issiqlik qurilmalarining sozligi, mavjud yoqilg‘i zaxiralari hamda bino va xonalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
Mazkur o‘rganish ishlari ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash, ularning faoliyatini uzluksiz tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.