Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Ulug‘bek Abduraxmanov tomonidan "Tosh yop" ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi hamda yoshlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi deputatlik so‘rovi chiqarildi.
Muammoning mazmuni: Deputatlik o‘rganishlari davomida Tosh yop OFY hududidagi 51-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi va 5-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari, tarbiyalanuvchilari va aholi harakatlanadigan yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash zarurligi aniqlandi.
Shu munosabat bilan, Bog‘ichinor va Musavvir ko‘chalari kesishmasida, Musavvir ko‘chasiga "Piyodalar o‘tish joyi" yotiq yo‘l chizig‘ini chizish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasida Amudaryo tumani hokimining o‘rinbosari B.Ernazarovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hududdagi yosh bolalar va aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masala ijrosi deputat nazoratida.