Tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Raxmonov va tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari hamkorligida Yoyilma mfyda mavjud infratuzilma holati, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganishlarda mfy faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha mahalla binosiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Shu munosabat bilan ajratilishi taklif etilayotgan yer maydoni ham joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, hududning joylashuvi, mavjud infratuzilmaga yaqinligi va undan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan ehtiyojlarni tegishlicha ko‘rib chiqish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, mahalla infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi.