35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Transport to‘g‘risida”gi Qonun o‘rganildi
янв.21
«Adolat» SDPdan saylangan deputat Qilichboy OFYda yo‘l infrastrukturasi ustidan deputatlik nazoratini olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
Kotib

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami tobora yaqinlashib kelyapti. Bayram arafasida yurtimiz bo‘ylab xayru saxovat tadbirlari keng quloch yoymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mutaqilligining 35 yillik shodiyonalari arafasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisher Navoiy” mahallasida bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 20-“Alisher Navoiy” okrugi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova, mahalla vakillari va faollari ishtirok etdilar.

Bayram dasturi fayzli bayram dasturxoni va ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otgan musiqiy ko‘rinishlar bilan boyitildi. Tadbir davomida yurtimiz mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va taraqqiyot qadriyatlari haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

Deputat Yoqutxon Madjidova yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati ekanini, uni asrab-avaylash va yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 4