35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Transport to‘g‘risida”gi Qonun o‘rganildi
янв.21
«Adolat» SDPdan saylangan deputat Qilichboy OFYda yo‘l infrastrukturasi ustidan deputatlik nazoratini olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
#deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 25-Samonchuq saylov okrugidan saylangan deputat B. Dilliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Samonchuq mahallasi hududida kapital ta’mirlanayotgan 3-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida maktab binosida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlarining borishi, yaratilayotgan sharoitlar, qurilish-montaj ishlarining sifati hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
⚡️Mas’ullar bilan muloqotda ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.
⚡️Deputat B. Dilliyev ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar kelajak avlod uchun munosib shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib, loyihaning samarali amalga oshirilishini deputatlik nazorati doirasida kuzatib borishini bildirdi.

Slide 1 of 4