35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
янв.21
XALQ MANFAATLARI — HAR NARSADAN USTUN
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Saylovchilar bilan ochiq muloqot: Yangihayot mahallasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: Yangihayot mahallasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi


Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Oripov, hamda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda hamkor tashkilotlar tomonidan "6-Yangihayot" okrugi deputati A.Safarov saylov hududiga borib "Yangihayot" mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularni qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, mavjud masalalarga yechim topish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi taklif va tashabbuslarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta'mirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi va tabiiy gaz ta'minoti, obodonlashtirish, bandlikni ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarining ijrosi haqida ham ma'lumot berildi. Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning amalga oshirilishi hududni kompleks rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.
Ta'kidlanganidek, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda joylardagi muammolarni bartaraf etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu kabi ochiq muloqotlar xalq bilan davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning ishonchini oshirish va hududlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 2