35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

XALQ MANFAATLARI — HAR NARSADAN USTUN

Navbatdagi oʻrganish manzili tumandagi Qizilcholi mahallasi, Yosh vatanparvar koʻchasi boʻldi. Aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot chogʻida yurtdoshlarimizning kundalik turmushida uchrayotgan masalalar, ularni qiynayotgan dolzarb murojaatlar tinglandi.

Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va muammolarning bir qismi joyida yechim topgan boʻlsa, vaqt va muayyan tartib talab etadigan masalalar nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari yuborilishi belgilandi.

Aholi bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlar tumanimizdagi har bir mahalla va koʻchada izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3