35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
янв.21
XALQ MANFAATLARI — HAR NARSADAN USTUN
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Deputat nazoratida: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va qonun ijrosi o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
Deputat nazoratida: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va qonun ijrosi o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputat M.Rajabov tomonidan "Feruz" mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi "Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"giO‘RQ–537-sonli Qonuni va mazkur yo‘nalishga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining amaliy holati tahlil qilindi.
Monitoring davomida mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, oilaviy tadbirkorlik vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida uchrashuv va muloqotlar o‘tkazildi. Ular bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlarga davlat tomonidan yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyoz va preferensiyalar, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaliy ijrosi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O‘rganish davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif, murojaat hamda mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha zarur amaliy choralar belgilandi.
Deputat tomonidan qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy xabardorligini oshirish hamda mahallalarda qulay biznes muhitini shakllantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi alohida ta'kidlandi.
Mazkur o‘rganish yakunlari yuzasidan aniqlangan holatlar umumlashtirilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.
Slide 1 of 4