35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
янв.21
XALQ MANFAATLARI — HAR NARSADAN USTUN
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli M.Qo‘ziboyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
4 nafar ajrim yoqasidagi oila bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, oilalar yarashtirilgan;
65 nafar xotin-qizning ijtimoiy holati o‘rganilib, "Ayollar daftari"ga kiritilgan;
2 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan;
Uzoq muddat xorijda bo‘lgan 3 nafar xotin-qiz Vatanga qaytarilgan;
4 nafar xotin-qizga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan;
Hayotiy qiyin vaziyatga tushib qolgan 19 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish yakunida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3