35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: Aholi farovonligi va munosib turmush sharoiti yo‘lida
янв.21
Og‘ir mahalla taifasidagi hududlarda olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida «Xalqlar do‘stligi kuni» keng nishonlandi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda qator muhim sohalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Urazbayev hududdagi muammolarni o‘rganmoqda
янв.21
Xalq manfaati – amalda!
янв.21
Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 27-31-iyul kunlari)
янв.21
XALQ MANFAATLARI — HAR NARSADAN USTUN
Tumanda veterinariya va sanitariya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Bolievning tumanda sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda chorva mollari va uy hayvonlarini profilaktik emlash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini tashkil etish, sun’iy urug‘lantirish ishlari hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan chorva mahsulotlari savdosi ustidan veterinariya nazoratini kuchaytirish, so‘yish punktlarining sanitariya holatini yaxshilash, uy hayvonlarini to‘liq ro‘yxatga olish va majburiy emlash tizimini takomillashtirish, tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan qator vazifalar belgilandi.