Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Ko‘prik holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputat Sh.Matirzayev tomonidan mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar davomida Xolimbeg OFY hududidagi Xolimbeg ko'chasidagi zaxkash (kollektor) ustidan o'tuvchi ko‘prikning holati xavfli avariya holatida ekani aniqlandi.

Mazkur ko‘prikdan har kuni mahalla aholisi, transport vositalari hamda o‘quvchilar muntazam foydalanib kelmoqda. O‘rganish jarayonida ko‘prikning ayrim qismlarida yemirilish holatlari, yon tomonlarida nosozliklar va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan kamchiliklar mavjudligi kuzatildi.

Mazkur muammolar yuzasidan mutassadi tashkilotga deputat so'rovi yuborildi.

Slide 1 of 1