Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni ijrosi doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy ishlar o‘rganildi.
Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va murojaatlarini tizimli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar tahlil qilindi.
Deputatlik nazorati yakunida aniqlangan muammo va takliflar asosida tegishli tavsiyalar berilib, mahalla tizimida ijtimoiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.