Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 12-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Joriy yil 15-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligida O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Жўқорғи Кенгес депутати Санобар Хўжамуротова сайловчилар билан учрашди
янв.21
“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi doirasida Qilichboy OFYda davra suhbati tashkil etildi
янв.21
Президент Фармони ижроси ва маънавий-маърифий ишларда самарадорлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Депутат сайловчиларнинг долзарб муаммоларига эътибор қаратди
“Mahalla — bag‘rikenglik maskani!”

 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan Jalaquduq tumanida ham xayr-sahovat, e’tibor va g‘amxo‘rlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, tumanimizdagi O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 6 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj - nochor, nogironligi bor, kam daromadli hamda boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar holidan xabar olindi. MFY raisi N.Zohidova hamda mahallaning nuroniy keksalari hamrohligida mazkur fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurildi. Ular Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklandi, hol-ahvoli so‘raldi hamda moddiy va ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatildi.Tadbirda xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati M.Turgunova ham ishtirok etdi. Deputat tomonidan har bir xonadondagi muammolar eshitilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilish va amaliy yordam berish yuzasidan vazifalar belgilandi. Bu kabi tashriflar nafaqat ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, balki jamiyatda hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 5