Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Joriy yil 15-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligida O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Жўқорғи Кенгес депутати Санобар Хўжамуротова сайловчилар билан учрашди
янв.21
“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi doirasida Qilichboy OFYda davra suhbati tashkil etildi
янв.21
Президент Фармони ижроси ва маънавий-маърифий ишларда самарадорлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Депутат сайловчиларнинг долзарб муаммоларига эътибор қаратди
янв.21
Депутатлар биринчи ярим йиллик якуни бўйича сайловчиларга ҳисобот бермоқда
Deputatlar_faoliyati

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov 15-“Gulbog” saylov okrugida bo‘lib, okrugdagi mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida deputat mahalla faollari tomonidan berilgan savollarga javob berib, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yaqindan tanishdi. Shuningdek, aniqlangan mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqilib, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Slide 1 of 4