Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Joriy yil 15-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligida O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Жўқорғи Кенгес депутати Санобар Хўжамуротова сайловчилар билан учрашди
янв.21
“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi doirasida Qilichboy OFYda davra suhbati tashkil etildi
янв.21
Президент Фармони ижроси ва маънавий-маърифий ишларда самарадорлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Депутат сайловчиларнинг долзарб муаммоларига эътибор қаратди
янв.21
Депутатлар биринчи ярим йиллик якуни бўйича сайловчиларга ҳисобот бермоқда
Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida

 Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil
24 dekabrdagi “2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab
chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-son
Qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlarini davom
ettirmoqda. 

Shu maqsadda deputatlar Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 120 o‘ringa
mo‘ljallangan 26-son maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish jarayoni bilan tanishdilar.
Mazkur ob’ektda qurilish ishlari "BAHRIDIN SHODI GUZARI" xususiy korxonasi
tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Hozirgi kunda qurilishning dastlabki bosqichi — poydevor qo‘yish ishlari jadal olib borilmoqda.
Qurilish maydonida mutaxassislar barcha ishlarini belgilangan me’yor va talablarga
muvofiq bajarmoqda. 

Deputatlar mahallada barpo etilayotgan yangi bog‘cha qurilish jarayonini kuzatdilar. Loyiha to‘liq yakunlangach,
mahalladagi ko‘plab ota-onalar farzandlarini zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlarga
ega muassasada tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yangi bog‘cha bolalarning
bilim olish, ijodiy rivojlanish va sog‘lom o‘sishiga xizmat qilib, mahallaning ijtimoiy
hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 7