Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Joriy yil 15-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligida O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Жўқорғи Кенгес депутати Санобар Хўжамуротова сайловчилар билан учрашди
янв.21
“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi doirasida Qilichboy OFYda davra suhbati tashkil etildi
янв.21
Президент Фармони ижроси ва маънавий-маърифий ишларда самарадорлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Депутат сайловчиларнинг долзарб муаммоларига эътибор қаратди
янв.21
Депутатлар биринчи ярим йиллик якуни бўйича сайловчиларга ҳисобот бермоқда
Yordon MFYdagi sanitariya holati deputatlar nazoratida

Yordon MFYdagi sanitariya holati deputatlar nazoratida

Farg‘ona tumani Kengashi deputatlari hamkorligida Yordon mahalla fuqarolari yig‘ini hududida ekologik holatni o‘rganish va sanitariya talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida ekoreyd o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida chiqindilar belgilangan muddatda olib ketilmayotgani, natijada ko‘chalarda chiqindi uyumlari to‘planib qolgani aniqlandi. Bu esa nafaqat mahalliy aholi, balki ushbu so‘lim hududga dam olish maqsadida tashrif buyurayotgan mehmonlarning ham haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat sanitariya qoidalariga zid bo‘lib, aholi salomatligi va hudud estetikasiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Deputatlar ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘llab, chiqindilarni o‘z vaqtida va muntazam ravishda olib ketish bo‘yicha “Deputatlik so‘rovi” chiqarilishi bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek, kelgusida bunday holatlarni oldini olish uchun mas’ul idoralar faoliyati kuchaytirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi 

Slide 1 of 2