MAKTAB DIREKTORI TAQDIRLANDI
Bugun Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan Qiziltepa tumani 34-sonli umumtaʼlim maktabida deputatlarning yarim yillik davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan xalq orasida hisobot berishi, fuqarolar bilan bevosita muloqot orqali joylardagi muammolarni toʻgʻridan toʻgʻri eshitish, qabul qilingan qarorlar, qonunlar va tashabbuslar ijrosini tahlil etish maqsadida "Bajardikmi" shiori ostida Deputatlar hisobot forumi tashkil etildi.
Ushbu tadbirni tashkillashtirishdagi hamkorlik, partiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlab kelayotgan muassasa direktori I.Saidov Oʻzbekiston XDP tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.