Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Andijon shahar kengashi raisi M.Jalolov tomonidan Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida “Aholining ijtimoiy himoyasi - ijtimoiy barqarorlik asosi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda mazkur sohada mehnat qilayotgan rahbar-xodimlar, mutaxassislar ishtirok etdi.
Partiya shahar kengashi raisi, mahalliy kengash deputati Malik Jalolov so‘zga chiqib, partiyaning saylovdan keyingi ustuvor vazifalari haqida ma’ruza qildi.
Bugun mamlakatimizda hamma sohalarda islohotlar mazmun jihatidan inson qadriga qaratilganini hammamiz yaxshi anglab turibmiz. Bu borada davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari ishlarni avvalgilardan ham tezroq, aniq va puxta bajarishga harakat qilishmoqda.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar va deputatlik guruhlari faoliyatini mahallla yettiligi bilan chambarchas bog‘lashga harakat qilmoqda.
Notiq partiya siyosiy faoliyatini ijtimoiy xizmat xodimlari bilan uzviy bog‘liqligidan kelib chiqib, keyingi besh yillik uchun 15 ta strategik qadamdan iborat ustuvor vazifalarni ayrimlariga to‘xtalib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbirda ijtimoiy xizmatning bir guruh xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.