Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR XONADONLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORALARI OʻRGANILDI.
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТАДБИРКОРЛИКНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
DEPUTAT  QO‘RG‘ONACHA MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI.
янв.21
ИБРАТ ХАЛҚАРО МАКТАБИ ИШ БОШЛАДИ
янв.21
Фуқаролар мурожаати ўрганилди.
янв.21
Янги илм маскани — янги имкониятлар сари қадам.
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA.
янв.21
ЮЗ БИЛАН ЮЗЛАШГАНЛАР
янв.21
МУАССАСА ЗАМОНАВИЙ ВА КЎРКАМ ҚИЁФАГА КИРДИ.
янв.21
Пахта йиғим-терими мавсумига тайёргарлик ишлари ўрганилди.
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI


📌 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 21-Sharof Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat R. Fozilovaga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlar o‘rtasida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
📚 Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sport musobaqalari, turli tanlovlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, yoshlarning qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda “Yoshlar daftari” doirasida olib borilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
📊 O‘rganish jarayonida yoshlar bilan manzilli ishlash, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✅ O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning muammo va takliflarini tizimli o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda ularni ijtimoiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🤝 Yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini o‘z vaqtida hal etish — hududni rivojlantirish hamda yoshlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 3