Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янги илм маскани — янги имкониятлар сари қадам.
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA.
янв.21
ЮЗ БИЛАН ЮЗЛАШГАНЛАР
янв.21
МУАССАСА ЗАМОНАВИЙ ВА КЎРКАМ ҚИЁФАГА КИРДИ.
янв.21
Пахта йиғим-терими мавсумига тайёргарлик ишлари ўрганилди.
янв.21
МАҲАЛЛАДА ИЖТИМОИЙ ЙЎНАЛИШЛАР ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГА КИТОБЛАР СОВҒА ҚИЛИНДИ
янв.21
ТОШЛОҚ МФЙДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ПАХТА ТЕРИМИ ОЛДИДАН ҚИЗҒИН ТАЙЁРГАРЛИК
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahardagi mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Namangan shahridagi 59 ta mahallaning 12 tasida hisobot davrida jinoyat sodir etilmagan, 43 ta mahallada esa jinoyatlar sonining kamayishi kuzatilgan. 

Shu bilan birga, “Obi-hayot”, “Ravnaq”, “Dashtbog‘” va “Nurafshon” mahallalarida kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan profilaktik ishlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish, xavf guruhidagi shaxslar bilan manzilli ishlash hamda fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya tomonidan deputatlik nazorati doirasida mahallalardagi mavjud vaziyatni muntazam o‘rganish, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish va jinoyatchilik yuqori bo‘lgan hududlarda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

Slide 1 of 3