Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR XONADONLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORALARI OʻRGANILDI.
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТАДБИРКОРЛИКНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
DEPUTAT  QO‘RG‘ONACHA MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI.
янв.21
ИБРАТ ХАЛҚАРО МАКТАБИ ИШ БОШЛАДИ
янв.21
Фуқаролар мурожаати ўрганилди.
янв.21
Янги илм маскани — янги имкониятлар сари қадам.
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA.
янв.21
ЮЗ БИЛАН ЮЗЛАШГАНЛАР
янв.21
МУАССАСА ЗАМОНАВИЙ ВА КЎРКАМ ҚИЁФАГА КИРДИ.
янв.21
Пахта йиғим-терими мавсумига тайёргарлик ишлари ўрганилди.
2027-YIL UCHUN ISH O‘RINLARINI BAND QILISHGA OID SESSIYA OLDI HUJJATLARI O‘RGANILDI

‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida 2027-yil uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilashga oid sessiya oldi hujjatlari o‘rganildi.

O‘rganish uchun taqdim etilgan hujjatlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilot va korxonalarda ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash masalasi nazarda tutilgan.

Hujjatlarni o‘rganish davomida 2027-yil uchun ish o‘rinlarini band qilish bo‘yicha takliflarning asoslanganligi, kasblar va toifalar kesimida belgilangan ko‘rsatkichlar hamda masalaning tegishli tartibda rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratildi.

Mazkur masala mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalardagi aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish vazifalari bilan uzviy bog‘liq.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 39–41-moddalarida belgilangan ish o‘rinlarini belgilash va aholini ish bilan ta’minlashga oid normalar masalani huquqiy jihatdan ko‘rib chiqishda asos sifatida inobatga olindi.

Sessiya oldi hujjatlarini puxta o‘rganish ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bandlikni ta’minlashga qaratilgan takliflarni asosli ko‘rib chiqish va qabul qilinadigan qarorlarning samarali ijrosini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 5