Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR XONADONLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORALARI OʻRGANILDI.
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТАДБИРКОРЛИКНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
DEPUTAT  QO‘RG‘ONACHA MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI.
янв.21
ИБРАТ ХАЛҚАРО МАКТАБИ ИШ БОШЛАДИ
янв.21
Фуқаролар мурожаати ўрганилди.
янв.21
Янги илм маскани — янги имкониятлар сари қадам.
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA.
янв.21
ЮЗ БИЛАН ЮЗЛАШГАНЛАР
янв.21
МУАССАСА ЗАМОНАВИЙ ВА КЎРКАМ ҚИЁФАГА КИРДИ.
янв.21
Пахта йиғим-терими мавсумига тайёргарлик ишлари ўрганилди.
13-MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

13-MAKTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh. G‘affarova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha” yurish jurnali asosida “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida maktabda ta’lim jarayonini tashkil etish, pedagog va xodimlar faoliyati hamda ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar bilan tanishishga e’tibor qaratildi. Shuningdek, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida amalga oshirilib, ta’lim muassasalari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish va mavjud masalalarni aniqlashga qaratildi.

Shu bilan birga, o‘rganish mavzusiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va unda belgilangan ta’lim sohasidagi asosiy talablar e’tiborga olindi.

Bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalarni joyida o‘rganish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8