Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR XONADONLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORALARI OʻRGANILDI.
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ВА ТАДБИРКОРЛИКНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
DEPUTAT  QO‘RG‘ONACHA MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI.
янв.21
ИБРАТ ХАЛҚАРО МАКТАБИ ИШ БОШЛАДИ
янв.21
Фуқаролар мурожаати ўрганилди.
янв.21
Янги илм маскани — янги имкониятлар сари қадам.
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA.
янв.21
ЮЗ БИЛАН ЮЗЛАШГАНЛАР
янв.21
МУАССАСА ЗАМОНАВИЙ ВА КЎРКАМ ҚИЁФАГА КИРДИ.
янв.21
Пахта йиғим-терими мавсумига тайёргарлик ишлари ўрганилди.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash – ustuvor vazifa


Mamlakatimizda yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim-tarbiya olishi hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur qaror asosida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, ularning ta’lim olishi, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kasb-hunar egallashi hamda mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish har bir bolaning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning farovon hayot kechirishi hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1