Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot QFYdagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim jarayoni hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabdagi o‘quv jarayonining tashkil etilishi, dars mashg‘ulotlarining olib borilishi, o‘quvchilarning davomat ko‘rsatkichlari va ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quv xonalarining jihozlanganligi, sinflarda o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarning mavjudligi, maktabning moddiy-texnik bazasi, sanitariya-gigiyena holati hamda hududning obodonlashtirilganlik darajasiga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, fanlarga qiziqishini oshirish va ularning xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan maktab ma’muriyati bilan fikr almashildi.

Ta’lim jarayonida mavjud masalalar muhokama qilinib, o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoit yaratish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4