Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
Maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot QFYdagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida, avvalo, ta’lim muassasasining qozonxonasi va isitish tizimlarining texnik holati, ularning kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz ishlashga tayyorligi ko‘zdan kechirildi. Mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, mavjud isitish uskunalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabning ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlanganlik darajasi va mavjud zaxirasi, uni saqlash sharoitlari hamda mavsum davomida ehtiyojni uzluksiz ta’minlash imkoniyatlari o‘rganildi. Yoqilg‘ining belgilangan tartibda saqlanishi va undan oqilona foydalanish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida maktab hududining obodonlashtirilganligi, tozaligi, daraxt va yashil hududlarni parvarishlash, kuz mavsumida hududni tartibga keltirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar uchun xavfsiz, ozoda va qulay ta’lim muhitini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan kuz-qish mavsumida o‘quv xonalarida harorat me’yorini ta’minlash, isitish tizimining uzluksiz ishlashi, yoqilg‘i zaxirasini yetarli darajada shakllantirish hamda maktab hududida obodonlashtirish ishlarini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4