Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
AHOLIGA SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZIB BERISH JARAYONI O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35

AHOLIGA SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZIB BERISH JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A. Avliyakulov hamda deputat M. Eshtemirov tomonidan hududda aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish va tarqatish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida gaz ballonlarini aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda mavjud ehtiyojlarni o‘z vaqtida qoplash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi.

Suhbatlar davomida ayrim fuqarolar ish faoliyati sababli gaz ballonlari yetkazib beriladigan vaqtda uyida bo‘lmasligi natijasida noqulayliklarga duch kelayotganini ma’lum qildi.

Fuqarolar tomonidan gaz ballonlarini yetkazib berish vaqtlarini aholining kundalik faoliyatiga moslashtirish, tarqatish jarayonini yanada qulay tashkil etish hamda fuqarolarning ortiqcha vaqt sarflashiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan takliflar bildirildi.

Bildirilgan murojaat va takliflar deputatlar tomonidan qayd etilib, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish va aholiga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4