Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИГА ЯНА БИР ИЖОБИЙ НАТИЖА
янв.21
“Адолат” кўкрак нишони топширилди
янв.21
ҲАР БИР ОИЛА ДАРОМАДИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЛИБОС ГУЛШАНИ” —  ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР САРИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ЯНГИ ТУРИЗМ МАНЗИЛЛАРИ САРИ
янв.21
КУНЛИК ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ.
янв.21
ИТТИФОҚ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ БИЛАН МУЛОҚОТ ВА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР БАНДЛИГИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ТАЯНЧ МАҲАЛЛАДА — БАРҚАРОР БАНДЛИК ВА ФАРОВОНЛИК САРИ
YIRIK INVESTITSIYA LOYIHASI AMALGA OSHIRILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 YIRIK INVESTITSIYA LOYIHASI AMALGA OSHIRILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–132-son
qarori ijrosini ta’minlash doirasida Quva tumani Mustaqillik mahallasi hududida
barpo etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish va taqsimlash
agrologistika markazida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati
tartibida o‘rganildi.
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash
deputatlari Sh.Jo‘rayev, M.Sayfidinov va A.Mo‘minov, Kengash huzuridagi Ekspert
maslahat guruhi raisi o‘rinbosari B.Abdurahimov, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi
M.To‘xtasinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovdan iborat ishchi
guruhi tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari
holatiga e’tibor qaratildi.
 

Mazkur loyiha 15 gektar yer maydonida “ENERGY-LAND” qo‘shma korxona
shaklidagi MChJ tomonidan amalga oshirilib, uning umumiy qiymati 50 million
AQSh dollarini tashkil etadi.
 

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, loyihaning amalga
oshirilish bosqichlari, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektni
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
 

Ta’kidlash joizki, agrologistika markazining ishga tushirilishi qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, tumanda zamonaviy logistika
infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi
daromadlarini oshirish hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini
yuksaltirishga xizmat qiladi.
 

Eng muhimi, loyiha to‘liq ishga tushirilishi natijasida 500 nafardan ortiq
fuqaroning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bu esa aholi farovonligini
oshirish va hududning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
  

Slide 1 of 7