Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Deputat axboroti

Uchrashuv "Gulbozor" mahalla fuqarolar yigʻini binosida oʻtkazildi. Unda tuman mahalla uyushmasi mas'ullari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etishdi.

Kengash raisi A.Gafurov tomonidan 2026-yil birinchi chorak yakunida tumanda va mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal sohalarda olib borilgan ishlar, erishilgan natijalar haqida ma'lumot berib o'tild.

Xususan, 2026-yil birinchi choragida 3 ta aholi bilan uchrashuvlar, 5 ta fuqarolar qabullari, 1 ta yoshlar bilan ochiq muloqat va 1 ta bandlikni ta'minlash yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilgani hamda fuqarolarning murojaatlariga asosan 1 ta deputatlik soʻrovi va 1 ta murojaat chiqarilgani haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Bundan tashqari, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida "Gulbozor" mahalla fuqarolar yigʻinida olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. 

Muhokama jarayonida mahalladagi fuqarolar va mahalla o'rtasidagi maʼnaviy muhit, ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi muammolari, ularni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻini faoliyati davomida Qonun talablariga rioya etilishi tahlil qilindi.

Shuningdek, ushbu Qonunga asosan mahalla tizimida fuqarolarning ishtiroki, mahallaning davlat organlari bilan hamkorlikdagi faoliyati va mahalladagi muammolarni hal qilish boʻyicha tegishli tartibda ish olib borilmaganligi qayd etib o'tildi.

Kengash raisi A.Gafurov tomonidan fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Mahalla fuqarolar yigʻini raisiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Oʻrganish yakunida Kengash raisi A.Gafurov tomonidan aholi manfaatlarini himoya qilish, mahallalardagi ishlar samaradorligini oshirish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash asosiy vazifa ekanligi maʼlum qilindi. 

Slide 1 of 4