Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Deputat nazorati

Xalq deputatlari kengashi deputati X.Raxmatov tomonidan “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʻinida aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar va 24 ta savоlnoma asosida faoliyat yo'nalishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Oʻrganish davomida deputat X.Raxmatov mahalla faollari bilan birgalikda koʻp-qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi uchun yaratilgan sharoitlar, uylarning texnik holati, kommunal xizmatlar sifati, koʻp-qavatli uylarning yertoʻlasidan unumli foydalanish, hududlarni obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi. 

Oʻrganish jarayonida ayrim uylarning yoʻlaklarini taʼmirlash ishlariga ehtiyoj borligi, obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha vaziflar belgilandi. 

Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, bolalar maydonchalari holatini yaxshilash boʻyicha takliflar berildi.

Deputat X.Raxmatov oʻrganish yakunida koʻtarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi murojaatlarini tizimli ravishda koʻrib chiqish va amaliy choralar koʻrish boʻyicha aniq vazifalar asosida ishlar tashkil etilishini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan shu tartibdagi oʻrganishlar aholi muammolarini joyida aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda mahallalarni yanada obod maskanga aylantirishda xizmat qilishi maʼlum qilindi.

Slide 1 of 3