Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

Tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariga Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M.Qoraboyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentyabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-296-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputat so'rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi. Toshloq tumani Tibbiyot birlashmasi ma’lum qilganidek, joriy yilning dastlabki uch oyida 1 460 nafar homilador ayol dispanser nazoratiga olingan, 52 328 nafar tug‘ish yoshidagi ayoldan esa 16 338 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Aniqlangan ekstragenital kasalliklar bo‘yicha 4 599 nafar ayol sog‘lomlashtirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan, 710 nafari esa davolanish jarayonini davom ettirmoqda.

Shuningdek, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda bolalarga vitaminlar, yod va foliy kislotasi bepul taqdim etilmoqda. Tumanda 3–18 yoshdagi bolalarda onkogematologik kasalliklarni, ayollarda esa bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash maqsadida skrining tadbirlari muntazam ravishda tashkil etilgan.

Slide 1 of 1