Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати: Уйчи тумани 21-мактабда янги ўқув биноси қурилиши ўрганилди.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: SES TIZIMIDA IJRO INTIZOMI VA ISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 50-SONLI DMTTDA TA’LIM SIFATI VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI.
янв.21
Депутатлик сўрови ижроси назоратда
янв.21
📌 Ҳуррият маҳалласи фаолияти ўрганилди
янв.21
МАКТАБ ОЛДИДА ЗАМОНАВИЙ СВЕТОФОР ЎРНАТИЛДИ
янв.21
DEPUTAT VA PROFILAKTIKA INSPEKTORI MULOQOTI: MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – BOSH MEZON
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALARINING KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Депутат назорати: Гулбоғ МФЙда ички йўллар таъмирланди.
Yoshlar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

                    Yoshlar bandligi va mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Qurbonov Ergashboy tomonidan Boycheki mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisining faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan tadbirlar tahlil qilindi. Jumladan, sport to‘garaklari, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar, kitobxonlik kechalari hamda turli tanlov va musobaqalarning tashkil etilishi yoshlarning qiziqishlari va iqtidorini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahalladagi ishsiz yoshlar ro‘yxati o‘rganilib, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar orqali yoshlarni o‘z biznesini boshlashga rag‘batlantirish borasidagi imkoniyatlar ham ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida ayrim kamchilik va muammolar ham aniqlandi. Xususan, ayrim yoshlarning bandligini ta’minlashda tizimli yondashuv yetishmasligi, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq taklif va tavsiyalar berildi. Bunday o‘rganishlar mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolariga yechim topish, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu kabi amaliy chora-tadbirlar orqali yoshlarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelajakka ishonchini mustahkamlash imkoniyati yaratiladi 

Slide 1 of 3