Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARMON IJROSI AMALDA: XDP DEPUTATLIK VA EKSPERTLAR GURUHI 33-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATINI O‘RGANDI.
янв.21
ДЕПУТАТ АРАЛАШУВИ БИЛАН ИЧКИ ЙЎЛЛАР ТАЪМИРЛАНМОҚДА.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Уйчи туманида 100 нафардан зиёд аҳоли тиббий кўрикдан ўтказилди
янв.21
ДЕПУТАТ ПИЛЛАКОРЛАР ХОНАДОНИДА
янв.21
УРУҒЧИЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ҚОНУН ИЖРОСИ НАЗОРАТДА
янв.21
САЙЛОВЧИЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABDAGI TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLARNI O‘RGANDILAR.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ДОИРАСИДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ – ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
Minglar mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Minglar mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar qanday olib borilmoqda? Bu savolga aniq javob topish maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati A.Rabbimov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, ayniqsa aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

🔍 Aniqlanishicha, ijtimoiy xodim Munojat Raxmonova tomonidan joriy yilda mahallada tizimli va samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan:

— 56 nafar ehtiyojmand fuqaro bir martalik moddiy yordam bilan ta’minlangan;

— “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda homiylar ko‘magida jami 15 nafar ijtimoiy reyestrdagi oilalar, yolg‘iz keksalar va ko‘p farzandli kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan;

— 4 nafar o‘zga parvarishiga muhtoj fuqaro uchun zarur ijtimoiy xizmatlar tashkil etilgan;

— nogironligi bo‘lgan 3 nafar fuqaroga reabilitatsiya vositalari olib berilgan;

— yana 5 nafar fuqaro reabilitatsiya markazlariga yo‘llanma olishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

📌 Ushbu natijalar Minglar mahallasida ijtimoiy himoya tizimi izchil va samarali yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Eng muhimi, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida manzilli va tizimli yondashuv shakllangan bo‘lib, bu esa fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 4