Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarova tomonidan hududdagi transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy so‘rov yuborildi.
📍Muammo manzili: "Mustaqillik" MFY, Furqat ko‘chasi.
🔍 O‘rganish natijasida nimalar aniqlandi?
🛣 Ko‘chaning 400 metr qismi asfaltlanmagan;
💧 Yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planib, qatnov qismida nosozliklar yuzaga kelmoqda;
🚐 Aholi va avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishi qiyinlashgan.
✅Deputat so'rovida:
Ushbu 400 metr masofani asfaltlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish va natijasi yuzasidan 10 kun muddatda ma’lumot berish so‘ralgan.
Mazkur masala ijrosi deputat nazoratiga olindi.