Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputati I.Allayarov tomonidan Lalmikor mahallasi hududidagi ichki yo‘llarning holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida Furqat ko‘chasining yo‘l qismi talab darajasida emasligi, ayniqsa noqulay ob-havo sharoitida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishida sezilarli qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan muammoni tizimli hal etish maqsadida ko‘chani asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritish zarurligi belgilandi.
Masala ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.