Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati J.Kamolxodjaev o‘ziga biriktirilgan Al-Xorazmiy mahallasida  saylovichilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar hokimligi, kommunal soha vakillari, mahalla yettiligi hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyatidan deputatga biriktirilgan X.Ibragimovalar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat aholiga davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, amalga oshirilayotga islohotlar, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, elektr energiya uzluksizligi, tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi, huddudda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘risida axborot berdi.  So‘ngra aholini qiynab kelayotgan muammolar xususida suhbatlashildi. Uchrashuv so‘ngida mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutassaddilarga deputatlik so‘rovi chiqarishga kelishildi va ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4