Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat #jarayon

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sanjar Mamayusupov saylov hududidagi Alisher Navoiy mahallasida bo'lib, hududdagi chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqib ketish yuzasidan o'rganish olib bordi.

O'rganish davomida deputat chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ib olib chiqib ketish yuzasidan shahar hokimi o'rinbosari M.Mo'minov, "Angren Bunyod Fayz" MCHJ xodimi hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas'ullari bilan birgalikda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan muloqot qildi.

Jarayonda mas'ullarga xizmat sifatini yaxshilash, aholi bilan tizimli ishlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar davomli bo‘lishi, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash va aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3