Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SAYYOR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI.

          Aholini rozi qilish ularning muammolarini oʻranish va hal etish kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

          Bugun 3-sektor hududidagi Sanchiqul MFYda tuman IIB boshligʻi v.v.b 3-sektor rahbari F.Bobomurodov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Mardiev, 16-Xoncharbog‘ saylov okrugi deputati D.Jabbarova, korxona va tashkilotlar ma’sullari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

          Qabul davomida gaz, elektr energiyasini yaxshilash, bolalar nafaqasi va boshqa yoʻnalishlarda jami 11 dan ortiq fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.

         Ushbu murojaatlarning aksariyatini darxol rahbar tomonidan joyida hal etilgan boʻlsa, oʻrganish va muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan masʼullarga vazifalar belgilab berildi. 

           Sayyor qabul soʻngida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar haqida suxbatlashib, muammolarning yechimi boʻyicha kerakli maslahatlar berildi.

Slide 1 of 2