Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Jaloliddin Jamuradov Uzun tumanidagi "Nurafshon" mahalla fuqarolar yig'ini faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ushbu mahalla fuqarolar yig'inlarida fuqarolarga sharoit yaratish yuzasidan qilinayotgan ishlar xususida ma'lumot berib o'tildi.
Shundan so‘ng mahalla faollaridan ularni qiynayotgan muammolar, fuqarolar uchun yaratilishi zarur bo'lgan qo'shimcha sharoitlar haqida fikr va takliflar so'raldi.
Mavjud muammolar deputat tomonidan o'rganilib masalani hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlarini yuborildi.