Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Dastur ijrosi deputatlar tomonidan doimiy o'rganilib borilmoqda.

Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining kotibiyati muduri Xudoykulov Sherali Umurzokovich hamda Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Azimurodov Ortiqjon Rajabboy o‘g‘li tomonidan dastur ijrosining joylardagi ijrosi o'rganildi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, obyektni o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi

Slide 1 of 5