Mazkur tashabbus nafaqat yashil hududlarni kengaytirish, balki rahbarlar va ta’lim muassasalari, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga, ularda bunday tashabbuslarni amalga oshirish immuniteti ham shakllanishiga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu ezgu amal orqali rahbarlar o‘zlari bilim olgan dargohlarga ehtirom va minnatdorlik ramzi sifatida munosib hissa qo‘shmoqda.
Bu kabi tashabbuslar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, ekologik muhitni yaxshilash va yosh avlodga namuna ko‘rsatishda, ularda "Mening daraxtim" va "Mening bog‘im" degan g‘oyalarni ham shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.