35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Baxramov, deputati M.Mirsodiqov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh mutaxassisi I.Bektoshevlar bilan birgalikda tumandagi Paxtaobod MFY hududida joylashgani ko‘p qavatli uy-joylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari) va yerto‘lalari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududlarning sanitariya-gigiyena talablari asosidagi holati, tozaligi, texnik jihatdan saqlanish darajasi hamda aholi uchun xavfsizlik sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘laklar va yerto‘lalarda tartib-intizomni mustahkamlash, doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4