Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
XOTIN-QIZLAR BILAN MUHIM UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Uchrashuv davomida 11-sinf o‘quvchi qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, dolzarb masalalar yuzasidan suhbatlashildi.

Jumladan, quyidagi mavzular muhokama qilindi:

erta nikohning salbiy oqibatlari va uning oldini olish;

qizlarning ta’lim olishi va kelajakdagi imkoniyatlari;

oilaviy muhit va tarbiya masalalari.

 Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar o‘rtasida

“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, №O‘RQ-996, 2024-yil 14-noyabr) mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

 Targ‘ibot davomida:

bolalar huquqlarini himoya qilish;

zo‘ravonlikning oldini olish choralari;

jamiyat va oila mas’uliyati

bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

 Uchrashuvda mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etib, o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

 Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.

 Bunday uchrashuvlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1