Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA

PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA 

⚡️ 62-sonli maktabning yangi binosi tez kunda o‘quvchilarni o‘z bag‘riga oladi. 

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda hududlarda
zamonaviy ta’lim infratuzilmasini yaratish borasida Sho‘rchi tumanida tizimli ishlar davom etmoqda. 

📍 Mazkur dastur doirasida tumandagi 62-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida barpo etilgan 300 o‘rinli yangi o‘quv binosida qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi. 

🔍 Kuni kecha xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Abdusamad Qudratov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Mamashukurovlar ob’ektning yakuniy holati va jihozlash jarayonlarini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rgandilar. 

✅ O‘rganish davomida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

  • Binoning qurilish ishlari loyiha talablariga muvofiq sifatli bajarilgan; 
  • Hozirda sinf xonalarini zamonaviy partalar, o‘quv doskalari, laboratoriya jihozlari va axborot texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda; 
  • Maktab hovlisida obodonlashtirish va sport maydonchalarini so‘nggi tayyorgarlik holatiga keltirish ishlari davom etmoqda.
  • “Prezidentimiz qarori bilan qurilgan ushbu 300 o‘rinli bino mahallamiz yoshlari uchun katta tuhfa bo‘ldi. Qurilish bitdi,
    hozirda jihozlash ishlari ketmoqda. Bizning vazifamiz — har bir jihozning sifatli bo‘lishini va o‘quvchilar uchun eng qulay muhit yaratilishini nazorat qilishdir”,
    — deya ta’kidlashdi xalq vakillari.

🚀 Tez kunda ushbu muhtasham va shinam bilim maskani tantanali ravishda foydalanishga topshiriladi. Bu esa tumanda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchi o‘rni taqchilligini bartaraf etishda muhim qadam bo‘ladi. 

  

Slide 1 of 1