Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
янв.21
O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichda
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMAN KENGASHI DEPUTATI TUMANDAGI 37-MAKTABDA BO‘LDI
Deputat madaniyat mahallasidagi issiqxona faoliyatini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 15-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Almardonov Nurqobil Madaniyat mahallasida bo‘lib, hududdagi issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida deputat issiqxonada yetishtirilayotgan sabzavot ekinlarining parvarishi, agrotexnik tadbirlarning olib borilishi hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, issiqxona egalari bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, mavjud sharoitlar va kelgusidagi rejalar haqida fikr almashdi. Deputat tomonidan aholini bandlik bilan ta’minlash, tomorqa va issiqxona xo‘jaliklaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlanib, bu borada zarur tavsiya va takliflar berildi. Mazkur tashrif hududda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, aholining daromadini oshirish hamda tomorqalardan unumli foydalanishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1