35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat aholining muammolarini hal etmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov Sarikul mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Nurobod tumani Sarikul mahallasida joylashgan 17-umumtaʼlim maktabi tepalikda joylashganligi sababli ushbu maktabda taʼlim olayotgan o‘quvchilar qor va yomg‘irli kunlarda maktab oldidagi tepalikga chiqishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganligi bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalari tomonidan murojaatlar qilgan.

Deputati S.Samatov ushbu  murojaatni hal etish maqsadida tashabbus bilan chiqib, ushbu mahallada yashovchi aholi bilan hamkorlikda amaliy yechimi topildi.

Sarikul mahallasida joylashgan 17-umumtaʼlim maktabida o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tepalikka chiqish uchun zinapoyalar qurib bitkazildi.

Slide 1 of 4