35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT XALQ BILAN BIRGA!

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati Murodov Yusuf Xamroyevich Karmana tumanidagi saylov okrugida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, mavjud muammolar hamda fuqarolardan tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, fuqaro N.Fayzullayev tomonidan turar joyi avtomobil yo‘li hududiga tushib qolgani hamda uy-joyning buzilish xavfi yuzaga kelgani munosabati bilan kadastr masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi. Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganildi va Karmana tumani Kadastr bo‘limi mutaxassislari ishtirokida huquqiy-tashkiliy jihatlar ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasida fuqaroning muammosini qonuniy tartibda bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi hamda masala joyida ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 3