Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati M. Masharipov tomonidan o‘z saylov okrugidagi Bo‘ston mahallasida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" amaliy tadbirlar dasturining ijrosi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Iskandarova "Yoshlar maslahat guruhi" a'zolari hamda maktabni kumush medal bilan tamomlagan bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Dilshod Narbayev “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Hilol mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Dilshod Narbayev tomonidan Hilol mahallasida ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.