Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashi deputati Dusmatova Nodira Zairkulovna tomonidan Xos mahallasida joylashgan Xos OShP da bo'lib, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat haqida o‘rganish o‘tkazdi.
O'rganish jarayonida har oyda 10 dan ortiq og'ir kasalligi bo'lgan bemorga Respublika miqyosidagi kasalxonalarga yo'llanma berilayotganligi, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oila a'zolari bepul davolanishi yo'lga qo'yilganligi aniqlandi. OShP da laboratoriya tekshiruvi (qon, siydik, axlat, qandli diabet, kaltsiy, revmaproba), EKG tekshiruvining mavjudligi xalqqa juda katta qulaylik yaratgan.
Bundan tashqari, muolaja xonasida bemorlarga shifokor yozib bergan retsept asosida malakali xamshiralar xizmat ko'rsatmoqda. Xozirgi kunda kunduzgi statsionar xizmat ko'rsatish va fizioterapiya faoliyatini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan ekan. Tibbiyot xodimlarini yana bir qiynayotgan masala tug'ish yoshidagi ayollar va aholining aksariyati o'z vaqtida tibbiy ko'rikka kelmasliklari aytildi.
Umuman olganda Xos OShP faoliyati va xizmatidan xalqimiz rozi.