Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashi deputati Zarifa Esirgapova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2019-yil 02 apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5700-son Farmoni ijrosini
taminlash maqsadida Nayman mahallasida bo'lib, bir nechta mahalla
ayollari bilan uchrashdi. Ayollar bilan mahalladan berilayotgan
imtiyozlar, bolalar puli olish tartiblari, oilada farzandlar tarbiyasida ota-onaning roli haqida suhbatlashildi va Oila to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishi haqida tushunchalar berildi.